O‘zbekistondagi banklarda dollar defitsiti kuzatilyapti – jurnalist

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 25 iyuldan boshlab O‘zbekistondagi ayrim banklarda naqd valyuta tanqisligi kuzatilmoqda. Xususan, “Ipak yo‘li” banki bosh ofisida 2 ming dollardan ortiq mablag‘ni naqd yechishga cheklov qo‘yilgan. Bu haqda jurnalist va bloger Aziza Qurbonova o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Banklarda dollar defitsiti kuzatilyapti. Hatto, hamma maqtaydigan “Ipak yo‘li” bank bosh ofisida ham dollar yechishga 2000 dollargacha cheklov qo‘yibdi. Asos va sababni hech kim aytib berolmadi”, deydi jurnalist.

Aziza Qurbonovaga ko‘ra, “Ipak yo‘li” bankining Miroboddagi filialida jismoniy shaxslarning 3000 dollargacha pul yechishiga ruxsat berilgan.

“Shoshganda filialma-filial yurish juda muammo. Pulini zarur miqdorda yecholmayotganlar bilan shahar bo‘ylab filiallarda uchrashib qolyapmiz, shu issiqda. Deylik, bugun 10 ming dollar kerak bo‘lgan odam kamida 3-4 ta filialga borishi kerak bo‘lyapti. Bitta yigit esa AQSHga ketishi kerak — unga 40 ming dollar zarur. Menimcha, to‘satdan mo‘’jiza yuz bermasa, bu ish bilan yana 3 kun yursa kerak”, deya qo‘shimcha qildi Aziza Qurbonova.

Qayd etish kerak, bir necha kun oldin bo‘lib o‘tgan Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov ishtirokidagi matbuot anjumanida banklarda naqd valyuta yetishmovchiligi bo‘lishi xavfi mavjud emasligi, ularni naqd valyuta bilan ta’minlash uchun yetarli naqd valyuta zaxirasi shakllantirilgani ta’kidlangandi.

“Ayrim qo‘shni mamlakatlarda valyuta cheklovlar joriy qilinishi bilan chegara oldi hududlari valyutaga talab oshishiga xatarni ko‘rmayapmiz. Bunaqa holatlar uchun cheklovlar joriy qilishdan ma’no yo‘q”, degani edi Markaziy bank raisi.

Eslatib o‘tamiz, may va iyun oylarida ham banklarda valyuta tanqisligi yuzaga kelgandi. Markaziy bank buni qo‘shni davlatlarda pul o‘tkazmalarini dollarda berish bo‘yicha taqiq va cheklovlar o‘rnatilganini bilan izohlagandi.

“Aholining naqd pulga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish uchun barcha imkoniyat va zaxiralari mavjud”, degan edi Markaziy bank Matbuot xizmati.


Maqola muallifi

Teglar

dollar

Baholaganlar

350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing