O‘zbekistonda jazo muddatini o‘tayotgan 286 nafar mahkum afv etildi

Jamiyat

image

Tegishli farmon  O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligini nishonlash arafasida imzolandi.
Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uchun jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 286 nafar shaxslar afv etilgan.

Afv etilgan shaxslarning 109 nafari asosiy jazodan ozod etilgan, 116 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, 25 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan. Shuningdek, 36 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirilgan. 

Aytilishicha, afv etilganlarning 39 nafarini ayollar, 22 nafarini 60 yoshdan oshgan erkak, 30 nafarini chet davlat fuqarolari, 3 nafarini taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilarini tashkil etadi.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

mahkum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing