O‘zbekistonda za’faron plantatsiyalari ko‘pmi?
Jamiyat
−
13 avgust 2019
5760Prezidentning 2017 yil 30 noyabrdagi O‘zbekistonda ekma za’faron (shafran) plantatsiyalarini tashkil etish hamda mahalliy sharoitda sifatli dorivor, oziq ovqat eksportbop xom-ashyoni tayyorlashga oid farmoyishi qabul qilindi. Qarorga muvofiq, “Brand Investment Group” MCHJ va Gollandiyaning “Mts Shipper” kompaniyasi o‘rtasida za’faron (shafran) tuganak piyozlarini harid qilish hamda O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha shartnoma imzolandi. 2017 yilning avgust oyida Gollandiyadan O‘zbekistonga 36,4 tonna o‘simlik tuganagi keltirildi.
Shunga asosan, 2017 yilda O‘zbekistonning turli iqlim va tuproq sharoitidagi hududlari: Andijon (Izboskan tumanidagi O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufidagi 5 gektar maydonda), Toshkent (Yuqori Chirchiq tumanidagi “Brand Investment Group” MCHJ tasarrufidagi 21 gektar maydonda) va Qashqadaryo (Shahrisabz tumanidagi “Brand Investment Group” MCHJ tasarrufidagi 10 gektar maydonda) viloyatlarida za’faron (shafran) tugunak piyozlari ekilgan bo‘lib, umumiy hisobda mamlakatda 36,4 gektar maydonda plantatsiyalar tashkil etilgan.
Bu haqda Saksonota o‘rmon xo‘jaligida shafran (za’faron) o‘simligi tuganak piyozlarini ekish va parvarishlashda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar to‘g‘risida ko‘rgazmali-amaliy seminarda ma’lum qilingan.
LiveBarchasi