O‘zbekistonda yuk avtomobillari importi ko‘paydi
Jamiyat
−
12 dekabr 2021 10615 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga 19 ta xorijiy davlatlardan qiymati 230,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 5 085 ta yuk avtomobillari import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot bermoqda.
Unga ko‘ra, yuk avtomobillari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1 674 taga oshgan.
O‘zbekistonga yuk avtomobillarini eng ko‘p import qilgan davlatlar:
1. Xitoy — 3954 ta;
2. Rossiya — 787 ta;
3. Belarus — 90 ta;
4. Litva — 74 ta;
5. Koreya — 40 ta;
Ma’lumot uchun, so‘nggi 10 oyda 3257 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan. Hozirda O‘zbekiston aholisiga tegishli bo‘lgan yuk avtomobillari 168 810 tani tashkil qiladi.
Ozoda Choriyeva
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr