Qoyilmaqom! O‘zbekistonda Youtube, Facebook, Telegram va Instagram yana ishlay boshladi
Jamiyat
−
03 noyabr 2021
8942Avvalroq, Moy Mir, Odnoklassniki, Youtube, Facebook, Telegram, Instagram va Linkedln kabi messenjer va ijtimoiy tarmoqlar bloklangani haqida xabar bergan edik.
Ayni vaqtga kelib, O‘zbekistonda ommalashgan Youtube, Facebook, Telegram va Instagram yana barqaror ishlashni boshladi.
Biroq, Youtube videoxostingining mobil versiyasida hamon uzilishlar bo‘layotgani aytilmoqda. Tez orada bu muammolar ham barataraf etilishini kutib qolamiz.
Shu bilan birga, yuqoridagi ijtimoiy tarmoqlar Shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektlari huquqlarini buzuvchilar reyestrida ham chiqarildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda O‘zbekiston fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berayotgan “Twitter”, “TikTok” “WeChat” “Skype” “VKontakte” kabi ijtimoiy tarmoqlar hamon blokda qolmoqda.
LiveBarchasi