O‘zbekistonda yilning eng yaxshi sportchilari aniqlandi (video)
Sport
−
23 dekabr 2024
7367Bugun, 23 dekabr kuni Toshkent shahridagi Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida “Milliy sport mukofot-2024” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Unga ko‘ra, yilning eng yaxshi erkak sportchisi boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Hasanboy Do‘smatov deb topildi. Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova esa yilning eng yaxshi ayol sportchisi bo‘ldi.
Shuningdek:
- Yilning eng yaxshi murabbiyi – To‘lqin Qilichev;
- Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi – Yahyo Yakubov;
- Yilning eng yaxshi terma jamoasi – boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi;
- Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi – Husniddin Norbekov (para yengil atletika)
- Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi – Nurxon Qurbonova (para yengil atletika)
- Muxlislar mehrini qozongan sportchi – Sitora Turdibekova (boks);
- Muxlislar mehrini qozongan para sportchi – Ro‘za Qo‘ziyeva (para pauerlifting)
- Yil kashfiyoti – Razambek Jamalov (erkin kurash) deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Fransiyaning “Lans” klubi a’zosi Abduqodir Husanov yilning eng yaxshi yosh sportchisi deb topilgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

O‘zbekistonda 1 martdan oylik va nafaqalar oshadimi?
37585
17 fevral

1 apreldan elektr va tabiiy gaz tariflari oshadi
27191
17 fevral