O‘zbekistonda Yoshlar parlamenti tashkil etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda yoshlarning qonun ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki yanada kengaytiriladi. Bu haqda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

2020 yil 1 iyunga qadar Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasi ishlab chiqiladi. 

Loyihada:

Yoshlar parlamentini tashkil etish va uning tarkibini shakllantirish tartibini belgilash;

Yoshlar parlamentining Oliy Majlis palatalari qo‘mitalari bilan o‘zaro aloqasini yo‘lga qo‘yish;

Yoshlar parlamenti a’zolarining qonun loyihalarini ishlab chiqish hamda parlament nazoratini amalga oshirish jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlash nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas’ullar - Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti.

Shuningdek, yangi shakllangan parlament a’zolarining hamda mahalliy Kengashlar deputatlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishni tizimli yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

2020 yil 1 martga qadar chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. Dasturda deputatlar va senatorlarning o‘z faoliyatiga doir kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va ularni tizimli amalga oshirish nazarda tutiladi.

Ijro uchun mas’ullar - Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oliy Majlis palatalari (kelishuvga asosan), xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing