O‘zbekistonda yanvar-iyun oylarida qancha odam vafot etdi?
Jamiyat
−
26 iyul 2021
10009O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-iyun oylarida 79,7 mingta o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, har 1000 aholiga o‘lim koeffitsiyenti 4,6 promilleni tashkil etgan hamda ko‘rsatkich 2020 yilga (74,7 mingta o‘lim) nisbatan 0,2 promillega oshganligi kuzatilgan. O‘lim holatlarining oylar kesimiga qaralganda, eng ko‘p vafotlar fevral (14 702 ta o‘lim) va iyun (14 629 ta o‘lim) oylariga to‘g‘ri kelishini ko‘rish mumkin. Eng kam o‘lim holati esa yanvar (11 921 ta) oyida qayd etilgan.
Qayd etilishicha, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida vafot etganlar hududlar bo‘yicha tahlil etilganda har 1000 aholiga nisbatan eng ko‘p o‘lim holati Toshkent shahrida (6,0 promille) qayd etilgan. Har 1000 aholiga nisbatan eng kam o‘lim holati esa Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida (4,0 promille) qayd etilgani kuzatilgan.
LiveBarchasi