O‘zbekistonda yangi jamg‘arma tashkil etiladi
Jamiyat
−
12 fevral 2025 12049 2 daqiqa
O‘zbekistonda Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 10 fevral kuni qabul qilingan “Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, Tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.
Bildirilishicha, jamg‘arma mablag‘lari Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasida alohida ochilgan hisobraqamlarda jamlanadi va Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilangan tartibda sarflanadi.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi, jumladan:
- muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish;
- tahliliy materiallarni tayyorlash va tadqiqotlarni o‘tkazish uchun grantlar ajratish;
- ijtimoiy so‘rovlar va jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish.
Jamg‘arma mablag‘lari maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazorat Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Muvofiqlashtiruvchi kengashga quyidagilarga ruxsat beriladi:
- Jamg‘arma mablag‘larini milliy va xorijiy valyutalarda bank depozitlariga joylashtirish;
- grantlar va beg‘araz texnik ko‘mak vositalarini jalb qilish;
- jismoniy va yuridik shaxslarga to‘lov asosida tadqiqotlar natijalari va ma’lumotlar bazalaridan foydalanish hamda tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatlarini berish.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida Tahliliy va tadqiqot tuzilmalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilgan va uning faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, umumiy muvofiqlashtirish hamda idoralararo hamkorlikni ta’minlash Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi Sardor Umurzoqov tomonidan amalga oshirilishi belgilangandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025