O‘zbekistonda yangi o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari e’lon qilindi (ro‘yxat)

Jamiyat

image

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan talabalarning yangi 2021/2022-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini e’lon qildi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan pandemiya sharoitida respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligi hisobga olingan.

“Farzandi to‘lov-kontrakt asosida o‘qiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, istisno tariqasida, 2021/2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari tasdiqlandi”, deyiladi xabarda. 

Ma’lum qilinishicha, bunda, oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olib (bakalavriat va magistratura), 2021 yil 1 noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) talabalarga 2021/2022-o‘quv yili uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foiz chegirma beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

995

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing