O‘zbekistonda yangi noyob o‘simlik turi topildi
Jamiyat
−
04 aprel 2022
15266O‘zbekistonda so‘nggi 80 yilda ilk bor Ayiqtovon turkumiga kiruvchi yangi tur kashf etildi. Ushbu noyob tur O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti olimlari tomonidan Surxondaryo viloyatining Boysun tog‘laridan topildi hamda unga “Ranunkulus tojibayevii” deb nom berildi.
O‘zbekiston florasida Ayiqtovon (Ranunkulus) turkumga mansub bo‘lgan mazkur turkumga kiruvchi eng oxirgi yangi tur 1941 yil aniqlangan bo‘lib, “Ranunkulus vvedenskyi” deb nomlangan.
2022 yil 1 aprelda botanika sohasida mashhur jurnallardan biri “PhytoKeys” jurnalida mazkur yangi o‘simlik turiga bag‘ishlangan maqola chop etildi.
LiveBarchasi