O‘zbekistonda yangi agentlik tashkil etildi

Jamiyat

image

“Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Farmon bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashkil etildi.

Farmonga ko‘ra, joriy yil 1 sentyabrdan ayrim turdagi xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan mahsulotlarning muvofiqligini baholash muvofiqlikni deklaratsiyalash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 

2021 yil 1 noyabrdan:

xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan ayrim turdagi mahsulotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazgandan so‘ng respublika hududiga erkin muomalaga chiqarish (jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlar doirasida olib kelingan mahsulotlar bundan mustasno) tartibi joriy etiladi;

xavflilik darajasi yuqori bo‘lmagan ayrim turdagi mahsulotlarni O‘zbekiston rezidenti hisoblangan akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarida muvofiqlik sertifikatini (amal qilish muddatidan qat’i nazar) bir marta rasmiylashtirgan holda 24 oy  davomida import qilishga ruxsat etiladi. 

2021 yil 1 sentyabrdan mahsulotlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida va texnik reglamentlarda belgilangan majburiy talablarga ishlab chiqaruvchi yoki olib kiruvchi tomonidan rioya etilmagan hollarda yuridik shaxslarga, huquqbuzarlik ogohlantirishdan so‘ng birinchi marta sodir etilganda – realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 50 foizigacha miqdorda moliyaviy jarima qo‘llaniladi.

Shuningdek, qonunchilik hujjatlari, texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning majburiy talablari, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalari buzilgan hollarda mansabdor shaxslarga, huquqbuzarlik ogohlantirishdan so‘ng birinchi marta sodir etilganda — BHMning 40 baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima ta’sir chorasi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing