O‘zbekistonda yangi hafta boshida qor, yomg‘ir yog‘adi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet yangi haftada kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, 31 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 yanvarda 3-8 daraja sovuq, 31 yanvarda 8-13 daraja sovuq, kunduzi 29 yanvarda 0-5 daraja sovuq, 30-31 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 31 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, 29 yanvarda 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 29 yanvarda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq, 30 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq; 31 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 31 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, 29 yanvarda 25-28 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat 29 yanvarda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 30 yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 31 yanvarda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-30 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, 31 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 290 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29 yanvarda 2-7 daraja iliq, 30 yanvarda 0-5 daraja iliq, 31 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 yanvarda 0-5 daraja iliq, 31 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 29 yanvarda 5-10 daraja iliq, 30-31 yanvarda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Bundan tashqari, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 29 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, 30 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 31 yanvarda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing