O‘zbekistonda yana uch kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
18 mart 2020
20745O‘zbekistonda yana uch nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
"Bundan bir muddat oldin Fransiyada bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, uning onasi, kelini va birga ishlaydigan hamkasbida ham ushbu infeksiya borligi tasdiqlangan. Har uch fuqaro ham shu vaqtgacha tibbiy nazoratda bo‘lgan. Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 18 nafarga yetdi", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilnig 15 mart kuni qayd etilgandi.
LiveBarchasi