O‘zbekistonda yana niqob taqish majburiy bo‘lishi mumkin, faqat...

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Xabaringiz bor, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari kundan-kunga ortmoqda. Xususan, kecha, 28 iyun holatiga koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 98 nafarga ortib, jami kasallanganlar soni 240667 nafarni tashkil etmoqda. 

Tabiiyki, hammani yana karantin joriy etiladimi, niqob taqish yana majburiy bo‘ladimi, degan savollar qiynamoqda. Ushbu savollarga oydinlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ SSV  huzuridagi sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov bilan bog‘landi. 

“Niqob taqish rejimiga yana qaytishimiz mumkin, faqatgina Respublika maxsus komissiyaning protokoli yoki bayonnomasiga asosan. Niqob taqish bo‘yicha qaror chiqarishga Sog‘liqni saqlash  vazirligi huzuridagi sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi yoki Sog‘liqni saqlash vazirligining haqqi yo‘q. 

Har bir chora-tadbir respublika maxsus komissiyasi tomonidan e’lon qilinganidan keyin amaliyotga tadbiq etiladi”, deydi Qurbonov. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 martidan boshlab fuqarolarning niqob taqishi majburiyligi istisno qilinib, ixtiyoriylik tartibiga o‘tkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1820

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing