O‘zbekistonda yana qor yog‘ishi kutilyapti
Bu qiziq
−
27 mart 2021 58116 1 daqiqa
Joriy yilning 28-29 mart kunlari O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
28-29 mart kunlari respublika hududi bo‘ylab yomg‘ir yog‘ib, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Ba’zi joylarida kuchli bo‘ladi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
28-29mart kunlari respublika hududlarida shamolning tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
29 martda havo harorati kechasi va kunduzi 6-11° iliqqacha pasayadi.