O‘zbekistonda yana bir viloyatda karantin keskin kuchaytirildi

Jamiyat

image

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Jizzax shahrida karantin talablarini kuchaytirish to‘g‘risida Jizzax viloyat hokimi E.Soliyevning qarori qabul qilindi. 

Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda Jizzax shahrida koronavirus infeksiyasining ko‘payganligi munosabati bilan shahar hokimi A.Shukurov topshirig‘i bilan hokimlik hodimlari Covid-19 testidan o‘tkazilgan. Ularda infeksiya aniqlanmagan. Ammo “Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash markazi” Jizzax shahar bo‘limining bir nafar hodimida Covid-19 infeksiyasi aniqlangan.

Shundan kelib chiqib, viloyat shtabi qarorlariga muvofiq Jizzax shahriga 2020 yil 4 iyul soat 00:01 dan boshlab karantin choralari kuchaytirildi. 

Qarorga ko‘ra, Jizzax shahriga kirish va chiqishni nazorat qilish uchun qo‘shimcha yo‘l patrul xizmati statsionar postlari va blok postlari tashkil etilmoqda. 

Jizzax shahriga kiruvchi va chiquvchi shaxslarda koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlash bo‘yicha majburiy tibbiy nazorat o‘rnatilmoqda. 

Tashkil etilgan yo‘l patrul xizmati statsionar postlari va blok postlarini pirometrlar (masofadan tana haroratini o‘lchovchi) va o‘tishga ruxsat etilgan avtotransport vositalarini majburiy ravishda dezinfeksiya qilinadi. 

Jizzax shahridagi “Yoshlar shaharchasi”, “Istiqlol” va “O‘rda” ekologik istirohat bog‘lari faoliyati to‘xtatiladi va fuqarolarning bog‘ hududiga kirishi ta’qiqlanadi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib (keyingi o‘rinlarda-Tartib) joriy etildi. Tartibga amal qilish davrida quyidagilar:

•    Jizzax shahrida avtotransport vositalarining maxsus ruhsatnomasiz kunning muayyan vaqtida 07:00 dan – 10:00 gacha va 17:00 dan – 20:00 gacha harakatlanishiga ruxsat etiladi;

•    Jizzax shahrida kunning belgilangan vaqtidan tashqari vaqtlarda jamoat (avtobusdan tashqari) barcha transport vositalarning harakatlanishi to‘xtatiladi va avtobuslarni dezinfeksiya qilish ishlarni olib borishga transport korxonalari rahbarlari mas’ul bo‘ladi;

•    Jizzax shahrida soat 07:00 dan 23:00 ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq to‘planish hamda 23:00 dan 07:00 ga qadar ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylar va hovlilar oldida bo‘lish taqiqlanadi, bunda faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi munosabati bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish uchun davolash muassasasiga yohud zarur dori-darmon harid qilish maqsadida dorixonaga borib-kelishiga shaxsiy transport vositasiga ruxsat beriladi;

•    Jizzax shahridagi “Markaziy dehqon” hamda “Eski shahar dehqon” bozorlari, savdo majmualari (supermarket, minimarket va boshqalar) kirish chiqish joylarida fuqarolarning tana haroratini o‘lchash uchun tegishli mutaxassislar bilan ta’minlagan holda pirometrlar va antiseptik vositalar bilan ta’minlanadi;

•    Jizzax shahriga boshqa hududlardan kirib kelayotgan barcha transport vositalari, tovar va yuklarning majburiy ravishda dezinfeksiya qilinadi;

•    davlat idoralari va tashkilotlarida fuqarolar hamda tadbirkorlik sub’ektlari vakillarini qabul qilish, ularga davlat va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish imkon qadar “onlayn” rejimga o‘tkaziladi;

•    barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan ta’minlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofani saqlagan holda faoliyat yuritiladi;

•    qurilish-ta’mirlash ishlarida ob’ektlarning hududi to‘liq karantinga olinishi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda ob’ektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oshirilib borilishi hamda tashkilotlarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilish, o‘z faoliyatini faqatgina tegishli ob’ekt hududi doirasida tashkil etiladi.

Jizzax shahridagi barcha savdo shoxobchalari, choyxona, restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish joylari, sartaroshxona va go‘zallik salonlari hamda o‘quv kurslari faoliyati karantin tadbirlari tugagunga qadar to‘xtatildi. 

Viloyat hududidagi yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shug‘ullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi, shuningdek, Jizzax shahridagi “Ko‘k bozor” dehqon bozori haftaning yakshanba, “Eski shahar” dehqon bozori haftaning har dushanba kuni yopiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jizzax Karantin Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

209

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing