O‘zbekistonda yana bir ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Hukumati qarori bilan “Gidrometeorologiya xizmati a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi. 

Qarorga ko‘ra, mazkur ko‘krak nishoni bilan gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasini rivojlantirish ishlariga katta hissa qo‘shgan, yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan fuqarolar taqdirlanadi.

Gidrometeorologiya xizmati markazi (“O‘zgidromet”) tizimidagi tashkilotlar hamda hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni har yili 1 aprelga qadar “O‘zgidromet”ga taqdim etadi (nomzod haqida ma’lumotnoma, uning so‘nggi uch yil davomida sohada amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma ilova qilinadi).
  
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya hujjatlarni o‘rganib, har yili 20 aprelga qadar munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa qabul qiladi. 

Ko‘krak nishoni har yili 7 may — “O‘zgidromet” tashkil topgan kun arafasida tantanali tarzda topshiriladi.

Taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (980 ming so‘m) miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.

Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing