O‘zbekistonda yana bir qonunga o‘zgartirishlar kiritiladi

Jamiyat

image

Kecha, 27 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar bir qator qonun loyihalari muhokama qildi.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab chiqarish hamda xizmatlar ko‘rsatish sohasini kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida tayyorlangan.

Ta’kidlanganidek, mamlakatda neft-gaz va elektr energetika tarmog‘i tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish, energiya resurslarini tejash va energiya samaradorligi darajasini oshirish ustuvor vazifalardan biridir.

Qonun tashabbuskorlari tomonidan hududlarda “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat-tahlil tadbirlari, shuningdek saylovchilar bilan joylarda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya resurslaridan oqilona foydalanish masalalari o‘rganildi.

Ushbu jarayonlarda energiya resurslari iste’molining samaradorligini monitoring qilishning ta’sirchan tizimi, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, muassasalar va tashkilotlarda zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xizmatlarning mavjud emasligi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlarining sustligi energiya resurslari xarajatlarini maqbullashtirish imkonini bermayotgani aniqlandi. O‘tkazilgan tadbirlar natijasi sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish zarurati mavjudligini ko‘rsatdi. Aynan shu jihatlar mazkur qonun loyihasini tayyorlashga asos bo‘ldi.

"Qonun loyihasining maqsadi energetika tarmoqlarida hosil qilinayotgan elektr va issiqlik energiyasi, boshqa noan’anaviy energiya resurslaridan iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohada yanada oqilona foydalanishning, energiya resurslari iste’molining samaradorligini va zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish xizmatlari ko‘rsatishning huquqiy asoslarini takomillashtirishdan iborat",  dedi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Qahramon Ergashev. "Unda taklif etilayotgan normalar energiya resurslari xarajatlarini optimallashtirishga, energiya resurslari iste’molining samaradorligini tizimli monitoringini amalga oshirishga, iste’mol qilinayotgan energiya resurslari hajmini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilashga, mamlakatda barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni mustahkamlashga, byudjetga tushumlarni ko‘paytirishga hamda aholining real daromadlarini oshirishga xizmat qiladi".

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan kun tartibiga kiritilgan bir qator qonun loyihalari, shuningdek fraksiya vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqildi. 


Maqola muallifi

Teglar

qonun elektr energiyasi O'zbekistonda

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing