O‘zbekistonda yana bir institut ochildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti qarori bilan Oliy sport mahorati instituti faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, institut professional ta’lim tizimini tamomlagan bitiruvchilar uchun o‘qish davomiyligi uch yil bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Unda jismoniy tarbiya va sport sohasida oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi.

Ta’lim faoliyati 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab, talabalarni qabul qilish Olimpiya va Paralimpiya kollejlari bitiruvchilarining sport natijalari asosida amalga oshiriladi.

Institutga olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zosi bo‘lgan yoshlar sport natijalariga qarab hamda seleksiya bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Bitiruvchilariga tanlangan sport turi bo‘yicha “trener”, “hakam”, “seleksioner” va boshqa mutaxassisliklar beriladi.

Institut talabalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalariga muvofiq o‘tkaziladigan respublika musobaqalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

480

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing