O‘zbekistonda yana bir fransuz avtomobil zavodi quriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Jizzax viloyatida Fransiyaning Renault Avtovaz avtomobil zavodi quriladi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi ishonchli muvaqqat vakili Bris Rokfey hamda fransuz biznes-hamkorlari bilan uchrashuv o‘tkazgan Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Azim Ahmadxo‘jayev ma’lum qildi.

Uchrashuvda Fransiya tomoni ishtirok etayotgan float-oyna va FIVES STEIN avtomobillar uchun oyna ishlab chiqarish zavodi; mahalliy ishlab chiqarilayotgan BOPP plyonkalarini sotish kabi Jizzaxning uch investitsiya loyihalarining hozirgi ahvoli muhokama qilingan va dastlabki bitimlar imzolangan. 

“Joriy yilda Renault Avtovaz avtomobil zavodi qurilishi va ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Muzokaralar jarayonida mazkur loyihalarni amalga oshirishning aniq muddatlari belgilab olingan”, degan Ahmadxo‘jayev.

Bundan tashqari, Jizzax viloyatida turizm biznesini rivojlantirish uchun Fransiyaning sayyohlik kompaniyalarini jalb etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 16 may kuni “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati Fransiyaning “Peugeot Citroen Automobiles S.A” kompaniyasi bilan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida, ustav jamg‘armasi, ekvivalenti 29,3 mln yevro miqdoridagi “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolanganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing