O‘zbekistonda yana 500 ga yaqin koronavirus va 200 ga yaqin pnevmoniya bemori aniqlandi. Qurbonlar bor
Jamiyat
−
07 iyul 2021
7380Kecha, 6 iyul kuni O‘zbekistonda 471 kishida koronavirus, 195 nafar bemorda pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yil 6 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 471 kishiga ortib, 114 039 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 26 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 10 nafari Andijon viloyatida,
- 12 nafari Buxoro viloyatida,
- 51 nafari Jizzax viloyatida,
- 15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 10 nafari Navoiy viloyatida,
- 15 nafari Namangan viloyatida,
- 37 nafari Samarqand viloyatida,
- 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 19 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 20 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 10 nafari Xorazm viloyatida,
- 52 nafari Toshkent viloyatida,
- 174 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 195 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kecha kun davomida:
- Andijon viloyatida 67 nafar,
- Buxoro viloyatida 15 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,
- Samarqand viloyatida 40 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 75 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 42 nafar,
- Xorazm viloyatida 27 nafar,
- Toshkent viloyatida 46 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 109676 (+327) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 758 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi