O‘zbekistonda VPN'dan foydalanganlik uchun javobgarlik bormi?

Foydali

image

Xabaringiz bor, kecha, 2 iyuldan boshlab O‘zbekiston hududida Twitter, TikTok  va “VKontakte” kabi ijtimoiy tarmoqlar faoliyatida uzilishlar kuzatila boshlandi. 

Ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunining 271-moddasi talablariga zid ravishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilayotgani uchun kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar yuqorida keltirilgan ilovalarni vaqtincha cheklagani haqida ma’lumot berdi.

Bundan oldin Facebook, Youtube va shu kabi saytlar ishlamay qolganda O‘zbekistonda VPN ilovalari ommalashgandi. Bu ilova orqali ma’lum hududda bloklangan sayt va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish mumkin. Shu bilan birga aholi orasida VPN ilovalaridan foydalanganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilangan, degan fikrlar mavjud.

Inspeksiya tomonidan bloklangan ijtimoiy tarmoqlardan VPN ilovasi orqali foydalanish mumkinmi yoki yo‘q?

Bugungi kunda O‘zbekiston qonunuchiligida ijtimoiy tarmoq va saytlardan VPN orqali foydalanishni cheklaydigan yoki unga nisbatan javobgarlik belgilaydigan norma mavjud emas. Bundan ko‘rinib turibdiki, aholi orasida VPN ilovasidan foydalanganlik uchun javobgarlik mavjudligi to‘g‘risidagi turli xil fikrlar asossiz.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2787-moddasida telekommunikatsiya tarmog‘idan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Lekin Jinoyat kodeksining ushbu moddasi VPN ilovasiga taalluqli emas.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1791

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing