O‘zbekistonda vaksina olganlar soni salkam 50 mingga yetdi
Jamiyat
−
07 aprel 2021
2125Kecha, 6 aprel kuni Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 14 216 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu kungacha koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 49 602 nafarga yetgan.
6 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Samarqand viloyati (3437 nafar);
- Toshkent viloyati (1708 nafar);
- Andijon viloyati (1633 nafar);
- Toshkent shahri (1630 nafar);
- Namangan viloyati (1487 nafar) band qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbeksitonda AstraZeneca hamda o‘zbek-xitoy vaksinasidan foydalanilmoqda.
LiveBarchasi