O‘zbekistonda vaksina olgan 71 kishida nojo‘ya ta’sir kuzatilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Emlashdan so‘ng, 49 602 fuqarodan 71 nafarida nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov bugun, 7 aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hozirgi kunga qadar umumiy emlanganlar orasida yengil darajadagi nojo‘ya ta’sirlar 71 holatda qayd etilgan. Bular quyidagicha nojo‘ya ta’sirlar:

  • 45,7 foizida tana haroratining 37,5 darajadan oshishi;
  • 21,2 foizida tanada og‘riq;
  • 14,1 foizida emlagan joyda qichishish;
  • 11,2 foizida yengil bosh og‘rig‘i;
  • 6,1 foizida emlangan joyda og‘riqning paydo bo‘lishi;
  • 2,7 foizida asabiylashish, holsizlanish, qo‘rqish kabi belgilar.

Uning qayd etishicha, shu vaqtgacha emlangan fuqarolarda jiddiy asoratlar kuzatilmagan.

Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 49 602 fuqaro emlangan, ularning 29 860 nafari AstraZeneca vaksinasi bilan, qolgan 19 742 nafari esa ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

774

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing