O‘zbekistonda uyali aloqa operatorlari soni beshtaga yetadi
Texnologiya
−
19 avgust 2020 27565 1 daqiqa
O‘zbekistonda yangi uyali aloqa operatori – Humans kompaniyasi ish boshlaydi. Humans mamlakatda aloqa xizmatini ko‘rsatuvchi beshinchisi kompaniya bo‘ladi.
“Humans” kompaniyalari guruhi 2016 yilda tashkil etilgan. U moliya, telekommunikatsiya, axborot almashinuvi va tibbiyot sohalaridagi texnologik loyihalarni rivojlantirishga e’tibor qaratadi. Humans ofislari Singapur, Nyu-York, Moskva, Sankt-Peterburg, Minsk va Toshkentda joylashgan.
Guruhning faoliyat yuritayotgan loyihalari qatorida ish va odamlarni izlash uchun sun’iy intellektdan foydalanadigan HUMANS.net HR-tech platformasini ko‘rsatish mumkin.
2020 yil iyun oyida “Humans” guruhi moliyaviy xizmatlar, uyali aloqa operatorlari xizmatlari va onlayn-to‘lovni birlashtirgan fintex-dasturining birinchi versiyasini O‘zbekistonda taqdim etgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025