O‘zbekistonda o‘tgan sutkada qancha egizak tug‘ildi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bir kecha-kunduzda 25 nafar egizak dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil 21 dekabr ertalabki soat 08:00 dan 22 dekabr 08:00 gacha bo‘lgan vaqt davomida umumiy tug‘uruqlar soni 2 508 nafarni tashkil etgan. Shulardan 1 289 nafari o‘g‘il, 1 219 nafari qiz va 25 nafari egizaklardir.

Eng ko‘p tug‘uruq qayd etilgan hududlar kesimi quyidagicha:

Namangan viloyatida – 271 nafar;

Samarqand viloyatida – 259 nafar;

Farg‘ona viloyatida – 256 nafar;

Qashqadaryo viloyatida – 235 nafar;

Toshkent viloyatida – 218 nafar.

Ma’lumot uchun, shu kunning o‘zida “Tez yordam” xizmatiga 41 784 ta chaqiriq kelib tushgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar-noyabr oylari (10 oy) davomida O‘zbekistonda 18230 nafar egizak chaqaloq tug‘ilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing