Özbekistonda öt öriş pulli böladimi?

O‘zbekiston

−

image

Bugun, 12 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda endi öt örişga ham çipta sotib oliş kerakligi, buning uçun esa pul tölaş zarurligi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi matbuot kotibi Ğulomjon Samadov munosabat bildirdi.

“Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “endi öt örişga ham çipta sotib oliş kerak ekan, pul tölaş kerak ekan”, degan mazmunda tarqalayotgan xabar asossiz!” deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, qonunçilik palatasida muhokama qilinayotgan “Yaylovlar töğrisida”gi qonun loyihasi aholi va biznes uçun ortiqça yuklamalar emas, balki yanada qulay imkoniyatlar  yaratişni nazarda tutgan.

Hujjatda yaylovlarda öt örişni pullik qiliş emas, aksinça jamoat yaylovlarini tekinga berib, odamlar uçun undan bepul foydalaniş tartiblari belgilanmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda bokiralik kapsulasini sotiş, yetkazib beriş va unga buyurtma beriş, bokiralikni jarrohlik yöli bilan tiklab berganlik uçun fuqarolarga va şifokorlarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanişi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq Oliy Majlis Qonunçilik palatasi mazkur xabarlar yuzasidan munosabat bildirib, bu xabarlarni rad etgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing