O‘zbekistonda UNWTO ofisi ochiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) Xalqaro akademiyasi va mavzuli ofisi tashkil etiladi. Bu haqda bugun, 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan (UNWTO) Bosh kotibi Zurab Pololikashvili uchrashuvida ma’lum qilindi.

Aytilishicha, suhbat davomida BMT tizimidagi ushbu yetakchi sohaviy tashkilot bilan O‘zbekistonda zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish va mamlakatda turizm yo‘nalishlarini ommalashtirish borasida keng ko‘lamli hamkorlikni yanada ilgari surish masalalari muhokama qilingan.

Suhbat avvalida Bosh kotib Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilmalari va institutlari nomidan Mirziyoyevni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklagan, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tilagan.

Turizm tarmog‘ining joriy yildagi bosh xalqaro tadbiri – oktyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lajak UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

O‘zbekistonda zamonaviy va qulay turizm infratuzilmasini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga yetakchi investorlar – taniqli xorijiy kompaniya va brendlarni jalb qilish masalasida amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etilgan.

Bundan tashqari, mamlakatda xalqaro imijni ilgari surish, ta’lim sohasi va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash borasida qo‘shma chora-tadbirlar majmui amalga oshirilishi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston UNWTO

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing