O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 aprel kuni O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berildi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining kecha, 26 aprel kuni qabul qilingan farmoyishiga asosan, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022 yil 30 aprel kuni “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 349-son Qaroriga muvofiq, hashar faqat ixtiyoriy asosda o‘tkazilishi belgilangan. Hasharni o‘tkazish uchun umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risida Prezidentning tegishli hujjati yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bo‘lishi shart.

Hasharlar unda ishtirok etadigan shaxslar mehnat qiladigan tegishli tashkilot hududida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iyan rioya etilgan holda o‘tkaziladi. Hasharlar doirasida boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan, qurilish-ta’mirlash ishlariga majburiy jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

xayriya hashari

Baholaganlar

161

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing