O‘zbekistonda O‘quv markazlari uyushmasi tashkil qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda O‘quv markazlari uyushmasi tashkil qilinadi. Bu tashabbusni bugun, 24 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Ko‘ksaroy” qarorgohida o‘tkazilayotgan yoshlar bilan uchrashuvda qo‘llab-quvvatladi.

Qayd etilishicha, xorijiy til sertifikatini olgan yoshlarga imtihon va o‘qish xarajatini qoplash yo‘lga qo‘yilgani katta samara bergan. Sertifikatga ega yoshlar 600 mingdan oshgan. Eng muhimi, xorijiy tillarni mukammal biladigan 72 mingta instruktor paydo bo‘lgan.

Yaratilgan sharoitlar hisobiga xususiy o‘quv markazlarining soni 3 karra ko‘payib, 38 mingdan oshgan.

Mazkur yo‘nalishdagi yosh tadbirkorlar O‘quv markazlari uyushmasini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan. Prezident buni qo‘llab-quvvatladi.

Endilikda uyushmaga a’zo bo‘lgan xususiy o‘quv markazlariga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

Bunday markazlarning o‘qituvchilarini Yoshlar ishlari agentligi hisobidan AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur yig‘ilishda “Mening birinchi kasbim” dasturi doirasida stajirovka qiladigan oliygoh bitiruvchilariga 2 million so‘mgacha stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'quv markazlari uyushmasi yoshlar bilan uchrashuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing