O‘zbekistonda o‘q-gilzotekasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
15 yanvar 2020
41502020 yilning 10 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘q-gilzotekasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 13-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasining Davlat o‘q-gilzotekasini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom, Davlat o‘q-gilzotekasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlar dasturi hamda Davlat o‘q-gilzotekasini moddiy-texnik ta’minlash chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanmoqda.
Nizmoga muvofiq, Davlat o‘q-gilzotekasi o‘g‘rilangan soyli stvolli o‘qotar qurolni qidirish, bir necha jinoyatlarni sodir etishda bitta yoki shu nusxadagi soyli stvolli o‘qotar qurol ishlatilganligi holatlarini aniqlash hamda jinoyatni sodir etishda fuqaroviy va xizmat, aniqlangan, olingan yoki ixtiyoriy topshirilgan soyli stvolli o‘qotar quroldan foydalanilganligi holatini aniqlash maqsadida yuritiladi.
“Qarorga muvofiq, fuqaroviy va xizmat quroli egalaridan qurolning har biri nazorat tartibida otilganida bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida yig‘im undirilishi belgilangan”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun: O‘q-gilzoteka – bu jinoyatlarni ro‘yxatga olishdagi kriminalistik hisob turi bo‘lib, otilgan o‘q va gilzalarni identifikatsiya qiluvchi ma’lumotlarni olish, qayta ishlash, to‘plash, tahlil etish va maqsadli foydalanishda tashkiliy-funksional tizim vazifasini o‘taydi. O‘q-gilzoteka ma’lumotlar bazasi – o‘qotar qurollar yordamida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishda ashyoviy dalillar bo‘yicha isbotlov bazani mustahkamlaydi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi