O‘zbekistonda “tonirovka” narxi arzonlashtirilishi rostmi? YHXBB izoh berdi

Jamiyat

image

Bugun, 15 fevral kuni ijtimoiy tarmoqda O‘zbekistonda avtomobillar oynasining tusini o‘zgartirish uchun ruxsatnoma narxi arzonlashishi haqida xabarlar tarqaldi.

Xabarlarda jismoniy va yuridik shaxslarga — BHMning (bazaviy hisoblash miqdori) 5 baravari (1 mln 115 ming so‘m), xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga — BHMning 20 baravari (4 mln 460 ming so‘m) miqdorida belgilangani aytilgan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi YHXBB mazkur xabarlarga munosabat bildirdi. 

Unda ta’kidlanishicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 iyuldagi “Tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 547-son Qarorning 2-bandi, “v” kichik bandiga ko‘ra:

“M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalari:

- orqa yon oynalar bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorini, yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorini va O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorini;

- orqa va old yon oynalar bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorini, yuridik shaxslar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorini va O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik shaxslari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining sakson baravari miqdorini tashkil etadi”, deya ko‘rsatib o‘tilgan.

Ushbu Qarorning 2-bandi “g” kichik bandiga ko‘ra:

- M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish uchun to‘lov stavkalari ularning egalari huquqiy holati inobatga olingan holda ushbu bandning «v» kichik bandi uchinchi xatboshisiga muvofiq belgilanadi” – deya ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu qaror talablari ayni vaqtda amalda bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar asossiz ma’lumot hisoblanadi.

Boshqarma barcha norasmiy sahifalar egalaridan, tasdiqlanmagan, huquqiy asosga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘rab, asossiz va yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun belgilangan tartibda javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilishini eslatib o‘tgan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

484

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing