O‘zbekistonda “tez yordam”ning bitta chaqirig‘i uchun qancha pul ketayotgani ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda “tez tibbiy yordam” tizimida bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablag‘ 10 barobardan ziyodga oshib, joriy yilning birinchi choragida o‘rtacha 6 ming 500 so‘mni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, mamlakatda 2016 yilda 800 ta “tez yordam” shaxobchalari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib, ularning soni 1 ming 666 taga yetkazilgan. 

Bundan tashqari, joriy yilning birinchi choragida “tez yordam” brigadalari jami 2 ming 685 taga yetgan. 

Ma’lumot uchun, bu raqam 2016 yilda 1 ming 648 tani tashkil qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

421

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing