O‘zbekistonda tez tibbiy yordamga bo‘lgan chaqiriqlar soni ko‘paya boshladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmatiga tushayotgan chaqiriqlar soni yana ko‘payishni boshlagan. So‘nggi 10 kunlikda chaqiriqlar soni 29,3 mingdan, 34,2 mingacha oshgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Farrux Sharipovning aytishicha, 26 avgustdan boshlab tez yordam xizmatiga murojaatlar soni 29,3 mingdan, 34,2 mingacha oshgan. Ushbu murojaatlarning o‘tkir respirator bilan bog‘liq chaqiruvlarning soni 2,2 mingdan 3,0 mingtagacha ko‘tarilgan. Tana harorati oshgani sabab chaqiruvlar esa 2,5 mingdan 3,5 mingtagacha ko‘paygan.

Shuningdek, ambulator-poliklinika muassasalariga arterial bosimning ko‘tarilishi, ortiqcha vazn, qandli diabet kabi xastaliklar bilan murojaatlar soni ham ortgan. Pnevmoniya belgilari sabab qilingan murojaatlar soni 244 nafardan 305 nafargacha oshgan.

Boshqarma boshlig‘i kasallik kamaydi deb hotirjamlikka berilish kerak emasligini aytib, fuqarolardan karantin qoidalariga amal qilishni so‘ragan. 

Eslatib o‘tamiz, 7 sentyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 41 531 nafarga yetgan. Respublika bo‘ylab 2010 nafar bemor ushbu virusdan davolanmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing