O‘zbekistonda talabalar ilk assistent-robotni yasashdi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabalari O‘zbekistonda ilk bor assistent-robotni yasashdi. Bu haqda "O‘zavtosanoat" AJ xabar berdi.

Robot tibbiyot, tadbirkorlik, ta’lim, turizm kabi sohalarda kundalik vazifalarni hal etishni yengillatish hamda imkoniyatlari cheklangan odamlar uchun ishchi kuchini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur assistent robot nafaqat muloqot va his-tuyg‘ularni ifodalashga, balki ofis yoki uy ishlarida yordam berishga ham qodir. Bundan tashqari, sun’iy intellekt, yuzni tanish, xona ichida qurilmalarni boshqarish kabi qo‘shimcha funksiyalar ham ishlab chiqilishi mumkin. Robotni boshqarish ovozli signallar yoki ilova orqali amalga oshirilishi mumkinligi aytilgan.

Ixtiro qilingan yangi NovAssistant universal assistent-roboti Innovatsion rivojlantirish vazirligi qoshidagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi ko‘magida ishlab chiqildi. 

Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yangi Assistent-robotlarning o‘rtacha narxi xorijda 180 million so‘m turadi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing