O‘zbekistonda Tadbirkorlar kuni belgilandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 23 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti “Tadbirkorlar kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 19 noyabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 15 dekabrda ma’qullangan. 

Hujjatga asosan 20 avgust mamlakatda Tadbirkorlar kuni deb e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 20 avgust kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tgandi. Bunday shakldagi uchrashuv ilk bor o‘tkazilgan va unda jami o‘n mingga yaqin tadbirkor ishtirok etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

112

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing