O‘zbekistonda Tadbirkorlar kodeksi ishlab chiqiladi
Jamiyat
−
29 dekabr 2020
2565O‘zbekistonda tadbirkorlar faoliyatining huquqiy tashkil etishida ko‘mak berish va ortiqcha hujjatbozliklarni kamaytirish maqsadida 2021 yilning sentyabr oyiga qadar Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, tadbirkorliklik faoliyati bilan bog‘liq 5 mingga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qayta ko‘rib chiqiladi. Ularning soni, qisqartiriladi hamda Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqiladi.
“Tadbirkorlik to‘g‘risida juda ko‘p gapiramiz. Har bir korxona va tarmoq o‘ziga xos va o‘ziga mos qonunosti hujjatlarini ishlab chiqqan. Bo‘ldi, u zamon tugadi endi. Tadbirkorlik kodeksi bitta va yaxlit bo‘ladi. Hamma narsa shu hujjatga kiritiladi. Tadbirkorlar uchun hamma qonuniy ma’lumot o‘sha kodeksda mujassam bo‘ladi”, deydi Prezident.
Shu bilan birga, Hukumat bozorda teng raqobat muhitini yaratish va halol-pok tadbirkorlarni, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlayotgan vijdonli tadbirkorlarni, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida, “yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirishga qaratilgan, mexanizmlar joriy etiladi.
LiveBarchasi