O‘zbekistonda tabiiy va texnogen falokatlar oqibatida qancha kishi halok bo‘lgani aytildi
Jamiyat
−
29 Sentabr 2023
6817O‘zbekistonda 2022 yilda sodir bo‘lgan tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar oqibatida 287 nafar inson halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda sodir bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar 131 tani tashkil etgan. Oqibatda 287 nafar inson halok bo‘lib, 297 nafari jabrlangan.
Shundan tabiiy xususiyatdagilari 55 tani, halok bo‘lganlar 127 nafarni, jarohat olganlar 88 nafarni tashkil etgan. Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning asosiy qismini yong‘inlar tashkil etadi.
LiveBarchasi