O‘zbekistonda “svet” o‘chishi ko‘paydi. Energetika vazirligi uzilishlar sababini ma’lum qildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
O‘zbekiston kuz-qish mavsumidagi energiya resurs taqchilligini qanday hal qilmoqchi? north_east

O‘zbekiston kuz-qish mavsumidagi energiya resurs taqchilligini qanday hal qilmoqchi?

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatning turli hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani haqida xabar tarqalib, tizimning ahvoli noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi mamlakat bo‘ylab elektr ta’minotida kuzatilayotgane uzilishlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 1 – 3 iyun kunlariga qadar respublikaning ayrim hududlarida qattiq shamol esishi natijasida daraxt shoxlarining sinishi va ayrim ko‘p qavatli binolar tom qismining ko‘chishi elektr uzatish tarmoqlarining shikastlanishiga olib kelgan.

Bundan tashqari, shu kunlarda havo haroratining isib ketishi natijasida ayrim joylardagi transformator punktlarida iste’mol yuklamasi ortishi kuzatilib, buning natijasida nosozliklar kelib chiqmoqda.

Hozirda joylardagi hududiy elektr ta’minoti korxonalari mutaxassislari tomonidan avariyaga qarshi guruhlar tashkil etilgan bo‘lib, yuzaga kelgan nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida issiqlik elektr stansiyalari, elektr uzatish tarmoqlari va gaz ta’minoti tizimida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. 

“Ushbu ishlarni xavfsiz bajarish maqsadida reja-grafik asosida elektr va gaz ta’minotini tarmoqdan ajratgan holda amalga oshirilmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Sardor Ali Nurmat


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

286

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing