O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda kiberjinoyatlar soni keskin oshib ketdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda 25 million nafardan ortiq internet foydalanuvchilari mavjud. O‘tkazilgan tahlil natijalari bugungi kunda mamlakatda kiberjinoyatchilikni o‘sish tendensiyasi kuzatilayotganligidan dalolat bermoqda. Bu haqda AOKAda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, so‘nggi 3 yilda kiberjinoyatlar soni bir necha baravarga oshib ketgan. Jumladan, kiberjinoyatchilikning bir qator turlari sodir bo‘layotganligi kuzatilmoqda. 

Ular quyidagicha:

•  firibgarlar plastik karta foydalanuvchilariga kelgan SMS-xabarnomadagi kodlarni to‘lovni amalga oshirish, yutuqni berish kabi bahonalar orqali egallab, undagi mablag‘larni o‘zlashtirishi;

•  shaxsiy ma’lumotlarni egallash va ularni oshkor qilish bilan qo‘rqitib tovlamachilik qilishi (kibertovlamachilik);

•  ijtimoiy tarmoqda zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitishi, haqorat, suitsid holatlari (kiberbulling) va boshqalar.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

363

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing