O‘zbekistonda sport o‘yinlariga “stavka” qo‘yish qonuniymi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda bukmekerlik va totalizator faoliyati hali ham qonuniy hisoblanmaydi. O‘zbekiston hududida birorta xo‘jalik yurituvchi sub’ektga litsenziya berilmagan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar bermoqda

Bukmekerlik va totalizator (onlayn qimor) faoliyati O‘zbekiston hududida noqonuniy hisoblanadi va birorta xo‘jalik yurituvchi sub’ektga litsenziya berilmagan. 

O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda 2021 yil 1 yanvardan boshlab Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan litsenziya olish orqali bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish nazarda tutilgan edi.

Shu bilan birgalikda onlayn qimor bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, ishtirokchilar majburiyatlarini tartibga solish, kelishilgan o‘yinlarning oldini olish maqsadida Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslariga tegishli qo‘shimcha hamda o‘zgartirishlar kiritish vazifasi yuklatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Totalizator Bukmekerlik

Baholaganlar

190

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing