Totalizatorda ishtirok etgan futbolchi jazolandi

Sport

image

"Liverpul" klubining sobiq futbolchisi Daniyel Starrij sportga pul tikish qoidalariga amal qilmagan. Ma’lum bo‘lishicha, 29 yoshli futbolchi o‘z akasi Leonga 2018 yilning yanvarida o‘zining “Sevilya” klubi safiga o‘tishi bo‘yicha transferning amalga oshishi bo‘yicha ma’lumotga ishontirib, pul tikishni taklif qilgan.

Tergov natijalariga ko‘ra aybdor deb topilgan angliyalik futbolchi 83 ming yevro jarimaga tortildi va 31 iyulgacha futboldan diskvalifikatsiya qilindi. Hozircha futbolchining akasi Starrijning “Sevilya”ga o‘tishi bo‘yicha xabarga pul tikkani yoki tikmaganligi bo‘yicha aniq ma’lumot e’lon qilinmadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning qishida futbolchining transferi borasida “Liverpul” va “Sevilya” klublari kelisha olmagan edi. Hozirgi paytda futbolchining “qizillar” bilan tuzgan shartnoma muddati tugagan va erkin agent sifatida o‘ziga jamoa izlamoqda. 

Oxirgi xabarlarga ko‘ra Daniyel Starrij “Aston Villa” klubi safiga qo‘shilishi mumkin. Ma’lumot uchun “Aston Villa” uzoq yillik tanaffusdan so‘ng bu mavsum Angliya Premer ligasida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Totalizator Daniel Starrij

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing