O‘zbekistonda sport huquqshunoslari faoliyati tashkil etiladi
Sport
−
16 yanvar 2023
5259“Sportchi va trenerlarning professional faoliyati davomida qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylandi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, sport-huquqiy munosabatlarni tartibga solish, sportchi va trenerlarning professional faoliyati davomida qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, sport nizolarini ko‘rib chiqish va hal etish maqsadida OTMlarda alohida sport huquqi yo‘nalishi bo‘yicha huquqshunoslarni tayyorlaydigan fakultet, kafedra hamda ilmiy tadqiqot markazlari tashkil qilinadi.
Xususan, 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab, Toshkent davlat yuridik universitetida yurisprudensiya (sport huquqi) yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent davlat yuridik universitetida sport huquqi va xalqaro sport arbitraji fakulteti tashkil qilinadi hamda fakultetning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi:
• cport huquqi, shu jumladan, xalqaro sport arbitraji huquqini chuqur o‘rganish, shuningdek, milliy va yapon, nemis sport huquqi hamda boshqa rivojlangan xorijiy davlatlar sport huquqini tizimli o‘rganish asosida yuqori malakali yuridik kadrlar tayyorlash;
• Yaponiya, Germaniya va boshqa rivojlangan xorijiy davlatlar sport huquqi va huquqiy tizimlarining qiyosiy tadqiqotlari natijalarini hisobga olgan holda xalqaro sport huquqi normalarini implementatsiya qilish va milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
• xorijiy mamlakatlar sport huquqi va sport arbitrajlarini qiyosiy tadqiq qilish maqsadida xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan professor-o‘qituvchilari va talabalari almashinuvi hamda stajirovkalar tizimli asosda tashkil etiladi.
LiveBarchasi