O‘zbekistonda shaxslarni ruxsatsiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda shaxslarni ularning ruxsatisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda bugun, 9 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan muhokama qilingan shaxslarning tasvirga bo‘lgan huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, bugungi jadal axborot-kommunikatsiya davrida ayrim hollarda shaxslarning tasviridan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarda shaxsiy daxlsizlik huquqi uni amalga oshirish mexanizmlari bilan ta’minlanmagani sababli ayrim hollarda cheklanmoqda.

Loyihada shaxsni tasvirga olish va undan foydalanish uchun rozilik olish majburiyligi, ushbu munosabatlarda voyaga yetmagan bolalar mustaqil huquq sub’ekti ekanligi, tasvirga olish va undan ruxsatsiz foydalanish mumkin bo‘lgan holatlar doirasi belgilanmoqda.

Shuningdek, videokuzatuvni amalga oshirishda shaxsiy daxlsizlikni ta’minlashga oid talablar, tasvirdan ruxsatsiz foydalanilganda kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar aniq belgilanib, mehnat munosabatlarida tasvirdan foydalanish bilan bog‘liq holatlar aniqlashtirilmoqda.

Qizg‘in muhokamalar va savol-javoblardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan. 


Maqola muallifi

Teglar

shaxsiy daxlsizlik tasvirga olish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar