O‘zbekistonda saudiyaliklarga 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi
Jamiyat
−
18 avgust 2022 7248 1 daqiqa
O‘zbekistonda Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 16 avgustdagi tegishli farmonida belgilangan.
Mazkur rejim ikki mamlakat o‘rtasida madaniy, ilmiy va investitsiyaviy iqlimni yaxshilash shuningdek, O‘zbekistonning turistik salohiyatini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan xalqaro munosabatlarni rivojlantirish maqsadida joriy etilmoqda.
Vizasiz rejim 2023 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi. U O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga o‘z yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Saudiya Arabistoni Podshohligi fuqarolari uchun amal qiladi.
Live
Barchasi