O‘zbekistonda “razvedka” sohasi qonuniylashtiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda "Kontrrazvedka   faoliyati to‘g‘risida" hamda "Tashqi razvedka to‘g‘risida" qonunlarini ishlab chiqiladi. Bu haqda 2020 yil — "Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturida aytilgan.

Ijro uchun mas’ullar Davlat xavfsizlik xizmatiga, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar. 

Hujjatlarda O‘zbekiston kontrrazvedkasi va tashqi razvedkasi faoliyatining asosiy tushunchalari, prinsiplari, vazifalari va huquqiy asoslari, ushbu sohada ma’lumot to‘plash va ulardan foydalanish tartibi ko‘rsatiladi.

Yil davomida Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va DXX xorijlik sheriklari bilan harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish choralarini ko‘radi.

Pokiston hukumati va Mudofaa vazirligi bilan harbiy hamkorlik va harbiy razvedka sohasi bo‘yicha memorandum, Tojikiston Mudofaa vazirligi bilan harbiy razvedka sohasida hamkorlik memorandumi, Qozog‘iston bilan harbiy razvedka sohasida hamkorlik bitimini imzolash kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing