O‘zbekistonda rasmiylar ish beruvchilarni yoshlar bilan ishlashga qiziqtirish usulini topdi

Jamiyat

image

Endilikda ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan xodimlari uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi qoplab beriladi. Bu haqda Vazirlar Marhkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat byudjetidan to‘liq qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom”da so‘z boradi

Nizomga ko‘ra, ish beruvchilar tomonidan to‘langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ularning yosh xodimlari quyidagi talablarga mos kelishi kerak:

  • ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi so‘ralayotgan hisobot oyida yosh xodim 25 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • uzluksiz 6 oy davomida mehnat faoliyatini amalga oshirgan hamda ish beruvchi tomonidan belgilangan tartibda ijtimoiy soliq uzluksiz to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (elektron qayd) mavjudligi.

Qayd etilishicha, ish beruvchi tomonidan ariza u soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatda turgan soliq organiga ijtimoiy soliq hisoboti taqdim etilganidan keyin 3 oydan kechiktirmasdan taqdim etiladi.

Ariza kelib tushgan sanadan boshlab 5 ish kuni mobaynida arizaning talablarga muvofiq yoki muvofiq emasligi o‘rganiladi.

To‘langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganda, avtomatlashtirilgan dasturda 1 ish kunida soliq organining xulosasi shakllantiriladi. 

Mazkur nizom 2021 yil 1 maydan 2023 yil 15 yanvargacha to‘langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berishga nisbatan tatbiq etiladi. 

Bunda 2022 yil dekabr oyi uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ish beruvchi tomonidan ariza berishning oxirgi muddati 2023 yil 1 aprel kuni etib belgilanadi. 

Mazkur tartib byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.

Nizom 2023 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

101

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing