O‘zbekistonda rasmiy sektorda bandlarning deyarli 43 foizi 1 mln so‘mgacha oylik oladi
Jamiyat
−
10 avgust 2020
5545O‘zbekistonda rasmiy sektorda ishlaydiganlarning 1 772 477 kishi, foiz hisobida taxminan 43 foiz odam 1 mln so‘mgacha oylik oladi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar berdi.
)Foto(
2020 yilning I yarim yilligida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 trln. so‘m ko‘p bo‘lib, 7,3 trln so‘mni tashkil etdi.
Korxonalarda ish haqi fondining o‘sishi va eng kam ish haqining (joriy yil I yarim yilligida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan) 18 foizga oshishi, soliq tushumlari dinamikasiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omil bo‘ldi.
Bundan tashqari, davlat ulushi bor korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasining 25 foizdan 12 foizga kamaytirilishi ham xodimlar ish haqini oshirishga imkon bergan.
Shu bilan birga, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha joriy yil II choragidagi tushumlar I chorakka nisbatan quyidagi asosiy omillar tufayli kamayganligi kuzatildi:
• joriy yilning aprel oyida iqtisodiy faollikning pasayishi natijasida xususiy sektorda mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining kamayishi. Bu kamayish karantin bo‘yicha qat’iy cheklovlar qabul qilingan davrda, xodimlarga, shu jumladan byudjet tashkilotlarida ta’til to‘lovlari berilishi natijasida qisman qoplandi;
• 2020 yilda xodimga to‘lanadigan, soliqqa tortilmaydigan moddiy yordam summasi, mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 4,22 baravaridan 7,5 baravarigacha oshirilishi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, xususiy sektorda iqtisodiy faollikning susayishi va bu bilan bog‘liq soliq solinadigan ish haqi fondining kamayishi, joriy yilning II choragida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha tushumning dastlabki prognozga nisbatan 500 mlrd. so‘mdan ko‘proqqa kamayishiga olib keldi.
Shu bilan birga, pandemiya davrida kichik tadbirkorlik sub’ektlari va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari uchun joriy yilning may oyidan boshlab ijtimoiy soliq stavkasini 12 dan 1 foizgacha kamaytirilishi nodavlat sektoridagi xodimlar sonini aprel oyiga nisbatan 16 foizga, ish haqi fondini esa 22 foizga oshirish imkonini bergan.
Avvalroq, O‘zbekistonda birinchi yarim yillikda byudjet taqchilligi 7 trln so‘mga teng bo‘lgani haqida xabar bergan edik
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi