O‘zbekistonda radar o‘rnatgan tadbirkorlarga yangi huquq berildi
Jamiyat
−
06 yanvar
26645Avvalroq, “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilingani haqida xabar bergandik. Ushbu farmon bilan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganini foto va video qayd etish vositalarini o‘rnatgan tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni ham qayd etish va Davlat ekologik nazorat inspeksiyasiga xabar berish huquqi berildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Bunda tarbirkor jarima sifatida undirilgan mablag‘ning 20 foizi miqdorida pul bilan rag‘batlantiriladi. Har yili eng uzoq (kamida 10 yil) va sadoqatli xizmat ko‘rsatgan sanitar tozalash korxonalari xodimlari uchun “Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” tanlovi o‘tkaziladi.
Mazkur xodimlardan 100 nafarining davlat OTMga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga kontraktining to‘liq summasi to‘lab beriladi.
Har yili “Eng toza mahalla” tanlovi o‘tkazilib, tanlovda g‘olib bo‘lgan 14 ta mahallaga chiqindi yig‘ish maydonchasi qurish, chiqindi konteynerlarini o‘rnatish va daraxt ekish uchun jami 500 million so‘m pul hamda xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil beriladi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr